MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQI

Bugun, 5-iyul kuni Navoiy viloyati FVB tomonidan Karmana tumanida joylashgan savdo majmualarning birida obyekt rahbariyati, fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda  FVDT xizmatlari bilan hamkorlikda amaliy maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. 

Unda  dastlab ishtirokchilar va kuch-vositalar, bilan saf ko‘rigi o‘tkazilib, shundan so‘ng favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ishchi va xizmatchilarni hamda moddiy tovar boyliklarini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, vaziyat oqibatida savdo majmuada shartli ravishda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish tadbirlari bajarildi.