Xorazm viloyatida "Dolzarb 30 kun" tadbirlari

Xorazm viloyatida "Dolzarb 30 kun" tadbirlari doirasida vazirlik vakillari, viloyat FVB mas'ul xodimlari tegishli tashkilotlar bilan birgalikda viloyatdagi savdo majmualarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar olib bordi. Tadbir davomida yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi omillar o‘rganilib, mutaxassislar tomonidan kamchiliklarni bartaraf qilish choralari ko‘rildi.