G‘OLIB VA SOVRINDORLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

Toshkent viloyatining “Amirsoy” dam olish maskanida 12 mamlakatdan  tashrif buyurgan 400 dan ortiq yakkalik hamda jamoaviy tarkibdagi ishtirokchilar o‘rtasida “BEFIT RACE” musobaqasi o‘tkazildi. 
 
Sportchilarning chidamkorligi, chaqqonligi va tezkorligini aniqlab beruvchi mazkur tadbirda “Sprint”, “Elit”, “Team sprint” yo‘nalishlari bo‘yicha yakka va jamoaviy tarkibda bellashdilar. 

Unda FVV Akademiyasi harbiy xizmatchisi kapitan Rustam Choriyev boshchiligidagi jamoa, sport klubi jamoalarining biri bilan hamkorlikda bellashuvda munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Musobaqa yakunida tashkilotchilar tomonidan g‘olib va sovrindorlarga medal, sertifikat, pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.