Korrupsiyaga qarshi kurash profilaktik tadbirlari

Kuni kecha, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazining harbiy xizmatchi va xizmatchilari bilan tegishli mutasaddi idora xodimlari ishtirokida “Korrupsiyasiz faoliyat taraqqiyot garovi” shiori ostida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon hamda Qarorilari mazmun mohiyati shaxsiy tarkibga yetkazilib, ular o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida atroflicha tushunchalar berildi.