Davlat dasturlari

  2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning yettita ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha taraqqiyot strategiyasining  Favqulodda vaziyatlar vazirligiga belgilangan ustuvor vazifalar, o‘tgan davr mobaynida qabul qilingan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida ma’lumotlar

T/r

Taraqqiyot strategiyasi doirasidagi ustuvor vazifalar

Qabu

VII. MAMLAKATIMIZ XAVFSIZLIGI VA MUDOFAA SALOHIYATINI KUCHAYTIRISH, OCHIQ, PRAGMATIK VA FAOL TASHQI

SIYOSAT OLIB BORISH

92-maqsad. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish.

2022 yil 

    

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish.

("Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini yangi tahririni ishlab chiqish.)

O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi 44 ta vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Adliya vazirligidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlisida ko‘rib chiqilib, 2021 yil 30 dekabrdagi 214-son bayoni bilan loyiha ma'qullandi.

2.       

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika maxsus qutqaruv markazini INSARAG (qidiruv-qutqaruv masalalari bo‘yicha xalqaro maslahat guruhi) standartlari asosida tayyorgarlikdan o‘tkazish.

(Respublika maxsus qutqaruv markazini INSARAG standartlari asosida tayyorlash uchun o‘quv va jihozlash dasturlarini ishlab chiqish.)

 Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazini INSARAG standartlari asosida tayyorlashni tashkil etish bo‘yicha 2022 yil 21 yanvar kuni tarmoq jadvali tasdiqlandi.
Markazni tayyorlash va xalqaro attestasiya o‘tkazish jadvaliga kiritish yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi orqali INSARAG ma'muriyatiga murojaat xati yuborildi.

3.       

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi aviatsiya xizmatini tashkil etish.

(Favqulodda vaziyatlar vazirligi aviatsiya xizmatini tashkil etishga oid normativ hujjatni qabul qilish.)

 

4.       

Respublikaning turistik zonalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tezkor bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni tizimlashtirish.

("Chorvoq-Chimyon" yirik turistik zonasida ilg‘or xorijiy tajriba asosida, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari negizida ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarmani tashkil etish.)

“Chorvoq-Chimyon” yirik turistik zonasida ilg‘or xorijiy tajriba asosida, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari negizida Ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarmani tashkil etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, vazirlik rahbariyati tomonidan tasdiqlandi.
Boshqarma apparati, profilaktika bo‘limlari va otryad tashkil etilib, shaxsiy tarkib bilan jamlandi hamda faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yildi.

5.       

Aholini favqulodda vaziyatlarda xabar berish tizimini modernizatsiyalash.

(Respublika va mahalliy darajalarida xabar berish tizimlarini modernizatsiya qilish.)

 Aholini favqulodda vaziyatlarda xabar berish tizimini modernizasiyalashni tashkil etish bo‘yicha 2022 yil 23 fevral kuni tarmoq jadvali tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati Majlisining 2022 yil 20 yanvar kunidagi 8-son bayoniga muvofiq, 2022 yil 2 mayda favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi to‘g‘risida aholiga xabar berish va ma'lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish bo‘yicha vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlarining mas'uliyati ko‘rib chiqilishi belgilandi.

6.       

 

 Respublikaning olis hududlarini professional va ko‘ngilli yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari bilan qamrab olish ko‘rsatkichini yaxshilash.

(1. Qutqaruv kuchlari mavjud bo‘lmagan, xavf manbai yuqori hududlardagi yirik aholi punktlarida yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarini tashkil etish.

2. Mavjud yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarini zamonaviy texnika va asbob-anjomlar bilan jihozlash.)

 

 

7.       

 Yong‘in-texnik vositalarini ishlab chiqarishga xususiy sektorni jalb etish.

(1. Mahalliy sharoitlarda ishlab chiqarish imkoniyatiga ega yong‘in-texnik vositalar va ishlab chiqaruvchilar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Davlat standartlari asosida xususiy sektorni jalb etgan holda yong‘in-texnik vositalarini ishlab chiqarish yuzasidan tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish.)

 

 

8.       

O‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish tadbirlari samaradorligini oshirish.

(1. Bo‘stonliq va Zomin tumanlarida Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan otryadlarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2. O‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan idoraviy bo‘linmalarni yong‘in o‘chirish asbob-anjomlari va texnikasi bilan bosqichma-bosqich jihozlash.)

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 14 dekabrda tegishli qarori qabul qilingan. Qarorga asosan, Favqulodda vaziyatlar vazirining 2021 yil 25 dekabrda tegishli buyrug‘i bilan Bo‘stonliq va Zomin tumanlarida ixtisoslashgan otryadlarning tashkiliy-shtat tuzilmasi joriy etilib, 2022 yildan faoliyati yo‘lga qo‘yildi.