Asosiy vazifa va funksiyalari
Vazirning kadrlar, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari – vazirga bo‘ysunadi hamda shaxsiy tarkibning tarbiyasi, harbiy intizomi, ahloqiy-ruhiy ahvoli va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligi, harbiy xizmatchilar, ularning oila a'zolari va noharbiy xodimlarning ijtimoiy-huquqiy muhofazasiga, vazirlik tizimidagi ijtimoiy-huquqiy, axborot, ruhiy va madaniy-hordiq ta'minoti uchun javob beradi.
Yuqori malakali kadrlar tayyorlashning samarali tizimini yaratish, shuningdek, vazirlik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;
vazirlik Markaziy attestasiya komissiyasining faoliyatini nazorat qilib, belgilangan muddatlarda yig‘ilishlarini tashkil etadi;
FVDTga kiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari va mutaxassislari hamda fuqaro muhofazasi kuchlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishning samarali tizimini ta'minlaydi, ishlab chiqilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlaydi;
aholi, mansabdor shaxslar, fuqaro muhofazasi boshqaruv organlari
va tuzilmalari, FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha o‘qitish dasturlarining ishlab chiqilishini nazorat qiladi
va amaliyotga tatbiq etadi;
ta'lim muassasalarida hayot faoliyati xavfsizligi, fuqaro muhofazasi hamda qutqaruvchilarni maxsus tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini ko‘rib chiqadi va kelishadi;
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida aholini tayyorlash jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy qilishni va keng foydalanishni ta'minlaydi;
FVDT faoliyatining ilmiy-texnik ta'minotini amalga oshiradi, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligi tadbirlarining bajarilishini nazorat qiladi;
FVV tizimiga kiruvchi organlar, tuzilmalar va tashkilotlarga ilmiy ko‘mak ko‘rsatishni tashkil etadi;
vazirlik va FVDT faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli mutaxassislarni vazirlik tasarrufidagi hamda boshqa, shu jumladan, xorijiy ta'lim muassasalarida tayyorlashni tashkil etadi;
vazirlik hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarining shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilari, xizmatchilari hamda FVDT tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning mansabdor shaxslarini
va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkillashtiradi;
ilmiy-texnik dasturlar va innovasion loyihalarning davlat buyurtmachisi hisoblanadi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, seysmik kuzatuvlar, favqulodda vaziyatlardan
va yong‘inlardan muhofaza qilishga mo‘ljallangan mavjud yong‘in-qutqaruv texnikalari, jihozlari va boshqa vositalarni takomillashtirish
va yangilarini yaratish, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob'ektlari faoliyatining barqarorligini oshirish muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari olib borilishini nazorat qiladi;
qo‘shma ilmiy loyihalarni ro‘yobga chiqarish va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish bo‘yicha mahalliy va xorijiy oliy ta'lim hamda ilmiy muassasalar bilan hamkorlik ishlarini nazorat qiladi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligini ta'minlash, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv ob'ektlarida insonlar hayotini muhofaza qilish hamda favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob'ektlari faoliyatining barqarorligini oshirish sohasidagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishni tashkil etadi va qatnashadi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta'minlash sohasida ilmiy tadqiqotlar, ilmiy va innovasion faoliyatni moliyalashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli qismda takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligi, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohalarida o‘rnatilgan tartibda xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda, xalqaro bitim, kelishuv, shartnomalar loyihalarini ishlab chiqishda hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etadi;
vazirlik tarkibiga kiruvchi organlar va tuzilmalar xodimlari, pensionerlar hamda ular oila a'zolarining huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta'minlaydi;
vazirlik kasbiy faoliyatiga oid yo‘nalishlarda turli tanlovlar
va musobaqalarni tashkil qiladi;
vazirlik tuzilmalari shaxsiy tarkibini birlamchi kasbiy va ruhiy tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, seysmik kuzatuvlar, favqulodda vaziyatlardan va yong‘inlardan muhofaza qilishga mo‘ljallangan mavjud yong‘in-qutqaruv texnikalari, jihozlari
va boshqa vositalarni takomillashtirish va yangilarini yaratish, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob'ektlari faoliyatining barqarorligini oshirish muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirilishini tashkillashtiradi;
vazirlik tarkibiga kiruvchi organlar va tuzilmalar xodimlari, pensionerlar hamda ular oila a'zolarining ijtimoiy himoyasini ta'minlaydi;
rahbarligidagi tuzilmalarda davlat sirlari va xizmat ma'lumotlarini himoya qilish choralarini ko‘radi;
jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillarini shaxsan qabul qiladi;
hududlarda ommaviy va sayyor qabullar o‘tkazadi, yakuni bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilaydi.