Gender tengligi

Unicef bilan hamkorlikda trening o‘tkazildi

 Joriy yilning 21-23 iyun kunlari Favqulodda vaziyatlar Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida Birlashgan millatlar tashkiloti “Unicef” jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan  loyiha doirasida “Ofatlar tahdidini pasaytirishda 21 asr ko‘nikmalaridan foydalanish hamda favqulodda vaziyatlar sharoitlarida gender tenglikni ta’minlash” mavzusida  trening o‘tkazildi.

Treningda Toshkent shahar, Toshkent va Namangan viloyati maktab o‘qituvchilari va Fuqaro muhofazasi instituti pedagoglari ishtirok etdi. 

  

“Loyihalarni amalga oshirishda gender yondoshuvi masalasi”da trening-seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining o‘zaro hamkorligi doirasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi Taraqqiyot Dasturi, «O‘zbekistonda hamjamiyatlarning iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavfli tabiiy hodisalarga nisbatan chidamliligini oshirish uchun kompleks erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish» loyihasi doirasida joriy yilning 7-8 noyabr' kunlari “Radisson Blu Hotel” mehmonxonasida halqaro ekspert Valentina Bodrung Lungu ishtirokida “Loyihalarni amalga oshirishda gender yondoshuvi masalasi”da trening-seminar o‘tkazildi.

Seminarda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tahdidlarni mahalliy jamoalar aholisiga ta'sirini baholashda gender tenglikni ta'minlash, tenglikni ta'minlash standartlari va mexanizmalari, kompleks erta ogohlantirish tizimini takomillashtirishda gender aspektlarini joriy etish, tahlil va hisobotlarni shakllantirishda gender statistik ma'lumotlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Trening-seminarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari faol ishtirok etdilar.

 

Sirdaryo viloyatida Gender tengligi bo‘yicha seminar tashkil etildi

Kuni kecha Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning Oila va xotin-qizlar masalalri bo ‘yicha ma’sul xodimlari hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi ishtirokida “Ayol baxtli bo ‘lsa – oila, butun jamiyat baxtli” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ulaming teng ishtirokini ta'minlash, xotin-qizlami ijtimoiy-huquqiy jihatdan qollab-quvvatlash, shuningdek, xotinqizlami taziyq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlaring ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida gender teglikka erishish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha xotin-qizlami qoilab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ulami ijtimoiy hayotidagi ro‘lini hamda savodxonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanib olingan.

Hozirgi kunda boshqarma tizimida xizmat qilayotgan xotin-qizlaming ichida bir nafar kichik serjant ayol rahbarlik lavozimida xizmat qilib kelmoqda. Kelgusida qolgan ayollaning ichidan xizmat va jamoatda faol va iqtidorlilarining zahirasi shakllantirilib, ulaning bilim saviyasi hamda huquqiy ongini oshirish borasidagi ishlar jadallashtirilishi belgilangan.

 

Kamtarin, samimiy va fidoyi ustoz

FVV Moliya-iqtisod boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Turexajaeva Guljan Anvarbekovna vazirlik tizimining fidoyi, ko‘p yillik tajribaga ega harbiy xizmatchilaridan biri.
Bir necha yildirki, G.Turexajaeva o‘z xizmat vazifalarini a'lo darajada ado etgan holda, soha yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab shogirdlarni tarbiyalab kelmoqda.
Hamkasbimiz Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘iga ko‘ra, "polkovnik" harbiy unvoni bilan taqdirlandilar.
O‘z navbatida, G.Turexajaevani chin dildan qutlab, sharafli xizmat yo‘lida omad-muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligida gender tengligi bo‘yicha tashkil etilgan ishlar o‘rganildi

Bugun, 13-may kuni Davlat organlarida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tashkil etilgan maslahat kengashlari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha kichik ishchi guruh Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tashrif buyurdi.

Mazkur tashrifda Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Mahmudjon Parpiev boshchiligida Oila va xotin-qizlar ilmiy amaliy tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Oyniso Musurmonova, Fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi direktori o‘rinbosari Shahnoza Irmatovalar vazirlikda gender masalalariga berilayotgan e'tibor, xodimlar va xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarning ta'minlanganligi, bu masalalar yuzasidan qabul qilingan xujjatlar va ularning amalga oshirilishi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanganligi va moddiy yordam ko‘rsatilishi, xavfsiz mehnat sharoitlari bilan ta'minlanganligi kabi masalalar batafsil ko‘rib chiqildi.

 

MAFTUNAXON MELIYEVA: BOKS – BU HAYOTIMNING AJRALMAS QISMI

Qahramonimiz haqida qisqacha: Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a'zosi, Xalqaro toifadagi sport ustasi. 2013 yilda Ukrainaning Odessa shahrida o‘tkazilgan xalqaro boks musobaqasining oltin medal sohibasi, 2014 yilda Qozog‘istonning Nur-Sulton (Astana) shahrida o‘tkazilgan xalqaro boks musobaqasida oltin, 2016 yilda Mongoliyaning Ulan-Bator shahrida o‘tkazilgan xalqaro boks musobaqasida oltin, 2017 yilda Buxoro viloyatida o‘tkazilgan xalqaro boks musobaqasida oltin medallarni qo‘lga kiritgan, 2019 yilda Taylandning Bangkok shahrida o‘tkazilgan Osiyo musobaqasining bronza medal sohibasi, 8 karra O‘zbekiston chempioni.


Boks deganda, odatda o‘zaro mushtlashayotgan baquvvat erkaklar ko‘z o‘ngimizga keladi. Nozik xilqat vakillari bo‘lmish qizlarning charm qo‘lqop kiygancha mushtlashuvini esa tasavvur qilish mushkul. Ammo, bugun sizga tanishtirmoqchi bo‘lgan qahramonimiz, Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markazi xodimi, oddiy askar Maftunaxon Meliyeva ham harbiy xizmatchi sifatida, ham boks bilan professional tarzda shug‘ullanuvchi sportchi sifatida ikki karra mas'uliyatni o‘z zimmasiga olib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelayotgan yoshlardan biri hisoblanadi.

Hamkasbimiz o‘z muvaffaqiyatlarining kaliti sifatida ota-onasi va yaqinlarining qo‘llab-quvvatlashi bilan bir qatorda yurtimizda ayollar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan e'tiborni ko‘radi.

– Boks sport turi bilan qachon shug‘ullanishni boshlagansiz?


- Boks sport turi bilan to‘qqiz yildan buyon shug‘ullanaman. Sportga kechroq kelganman, o‘n besh yoshimdan shug‘ullana boshlaganman. O‘sha vaqtlarda opam E'zoza Meliyeva ham sportchi sifatida boks bo‘yicha ko‘plab janglar o‘tkazardi. Opamning yutuqlarini ko‘rib havasim kelardi. Ularga qiziqib zalga kelib shug‘ullana boshlaganman. Sportning aynan boks turini tanlashimga ota-onamning har jihatdan qo‘llab-quvvatlashi sabab bo‘lgan. Hozirda opam, singlim, ukalarim ham boks bilan muntazam shug‘ullanadilar.

– Bilamizki, sportchi irodali bo‘lsagina yo‘lda uchraydigan turli qiyinchiliklarni yengib oxirgacha bora oladi. Bunda esa sportchilardan judayam kuchli iroda, chidamlilik talab etiladi. Siz qanday qiyinchiliklarga uchragansiz?

– Ha, boksda o‘ziga yarasha qiyinchiliklar ham bor. Ba'zida shunday holatlar bo‘ladiki, “Bo‘ldi, menga kerakmas, bardoshim yetmaydi, chidolmayman” deb, hamma narsani tashlab ketgingiz keladi. Keyin qilgan mehnatingiz, yengib o‘tgan qiyinchiliklaringizni o‘ylab yana ortga qaytasiz. Mevali daraxtga doim tosh otilgan. Ba'zida tanqidlar ham bo‘ladi. Uyga ko‘zlarim ko‘karib, qo‘llarim shilinib kelganda do‘stlarim, qarindoshlarim “Senga shu kerakmi, uyingda o‘tirsang bo‘lmaydimi? Sportni tashla” degan vaqtlari ham bo‘lgan. Ota-onam, oila a'zolarim meni yaxshi tushunganligi bois, bu kabi gaplarga e'tibor ham bermayman, ishimni davom ettiraveraman. Ana shunda bilinadi, sportchining irodasi. Aksariyat sportchilar mag‘lubiyatga uchrasa yoki noxaqliklar bo‘lsa, ko‘tarolmay sportini tashlab ketadi.

– Shu o‘rinda savol tug‘iladi, siz ham sportdagi faoliyatingizda nohaqliklarga uchraganmisiz?

– Ha bo‘lgan, ko‘pincha chet elda bo‘lgan. Ringda g‘alaba qozondim, deb o‘zimga ishongan vaqtlarimda hakam raqibimning qo‘lini ko‘tarib yuborgan paytlar bo‘lgan. Shuning uchun ringda ishonch bilan turishdan qo‘rqaman. Negaki, yana raqibimni qo‘lini ko‘tarib yuborishsa, sinib qolish hech gap emas.

– Yutqazib qo‘ysangiz qay holatga tushasiz?

– 2019 yilda boks bo`yicha Jahon chempionati Rossiya Federatsiyasida bo`lgan. U yerda Yevropa chempioni bilan ringga tushib qolganman. Jang davomida katta ustunlik bilan bo‘lmasa-da, qo‘lim baland kelayotganligiga qattiq ishongandim. O‘shanda yutqazib qo‘yganimda, rosa yig‘lagandim. Tushkun vaziyatga tushib qolganman. Shunday vaziyatlarda murabbiylarim, ota-onam, qarindoshlarim yonimda dalda berib qo‘llab turishgan. Natijada, o‘z oldimga yanada kattaroq maqsadlar qo‘yib keyingi uchrashuvlarni muddatidan oldin yakunlashni niyat qilganman.

– Osiyo chempionatiga lisenziya beriladigan turnirda ishonchli g‘alaba qozondingiz. Sizga yordam berayotgan murabbiylar haqida nimalar deya olasiz?

– Shu kunga qadar nimaiki yutuqlarni qo‘lga kirtgan bo‘lsam, bunda ota-onamning o‘rni beqiyos. Har qanday vaqt va sharoitda ham mening boks bilan shug‘ullanish, harbiy xizmatni tanlashimdek o‘zbek qizi uchun noodatiy orzularimni amalga oshirishimda hech qachon qarshilik ko‘rsatishmagan, aksincha, qo‘llab-quvvatlab, barcha imkoniyatlarni yaratib berishgan. Buning uchun ulardan umrbod minnatdorman. Sportda yuqori cho‘qqilarga ko‘tarilishimda albatta murabbiylarimning o‘rni beqiyos. Birinchi murabbiyim G‘ayrat Karimov boksga yetaklab borib, unib o‘sishimga katta hissa qo‘shganlar. Turnirga kelsak, o‘yin juda halol o‘tdi. Murabbiy G‘ayrat aka boshchiligida bizga to‘g‘ri taktika qo‘yib, to‘g‘ri tayyorlab bordi. Men juda qattiq tayyorgarlik ko‘rdim. Yutishimni bilardim, o‘zimga ishonchim bor edi. Raqiblar meni mutlaqo cho‘chitmadi.

– Kelgusidagi rejalaringiz haqida ham o‘rtoqlashsangiz.

– Tokioda bo‘lib o‘tadigan olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritishini menga berilgan eng katta imkoniyat, deb bilaman. Endilikda maqsadim, olimpiada chempioni bo‘lib, madhiyamiz jarangi ostida Vatanimiz bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarish, yurtimiz dovrug‘ini butun dunyoga tanitishdir. Shuningdek, o‘zbek qizining qo‘lidan nimalar kelishini ko‘rsatib qo‘yish. Men sport ortidan o‘zimni toptim. Sport tufayli o‘qishga kirdim, ishga joylashdim. Hozir ham o‘qiyapman. Sport men uchun xobbi emas, sport hayotimning bir bo‘lagi. Shu bilan birga harbiy xizmatda ham ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritib, ofiserlar tarkibida ham o‘zimning munosib o‘rnimni topishni maqsad qilganman. Bizga, o‘zbek qizlariga yaratib berilayotgan bunday keng imkoniyatlar uchun muhtaram Prezidentimizga, rahbarlarimiz va ustozlarimizga minnatdorchilik bildiraman. Ishonamanki, kelgusida men kabi sport bilan shug‘ullanib, jahon sahnasida O‘zbekiston nomini yuksakka ko‘taradigan ayol-qizlarimiz juda ko‘p bo‘ladi. O‘zim ham kelgusida murabbiy sifatida shogirdlar tarbiyalash niyatim bor.

Suhbatimiz yakunida, shijoatli qahramonimiz, xalqaro toifadagi sport ustasi Maftunaxon Melievaga kelajakda omad tilab, olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritishda zafarlar tilab qolamiz.

 

QIZIQARLI VA BAHSLARGA BOY

Joriy yilning 25-28 noyabr' kunlari Qarshi shahrida sportning “qo‘l jangi” turi bo‘yicha “O‘zbekiston kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Mazkur chempionatda O‘zbekiston Respublikasi FVV terma jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

Qiziqarli va bahslarga boy tarzda o‘tgan musobaqada Vazirlik terma jamoasi a'zosi Mashhura Yuldasheva 65 kg vaznda ayollar o‘rtasidagi bahslarda barcha raqiblaridan ustun kelib faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 70 kg vaznda Maftuna Melieva 3-o‘rinni, erkaklar o‘rtasidagi bahslarda 70 kg vaznda Akmal Xalimov 2-o‘rinni va 90 kg vaznda Farrux Ro‘zievlar 3-o‘ringa munosib deb topildi.

G‘olib va sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.