Xalqaro tadbirlar 2016 yil

2016 yilning 29 fevraldan 4 martgacha vazirlik xodimi Qozog‘istonning Almatы shahrida o‘tkazilgan Aholiga meteorologik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mintaqaviy seminarda ishtirok etdi.

2016 yil 7 mart kuni vazirlik xodimlari YAponiya tomonidan taqdim etilgan takliflarni muhokama qilish maqsadida YAponiya mudofaa vazirligi delegatsiyasi bilan Toshkent shahrida o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirok etishdi.

2016 yil 9-10 mart kunlari vazirlik binosida Jahon bankining “O‘zbekistonda ofatlarga tayyorgarlik ko‘rishni kuchaytirish” loyihasini muhokama qilish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirokida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2016 yil 10-11 mart kunlari vazirlik xodimlari Toshkentning “Radisson Blu” mehmonxonasida Jahon bankining “O‘zbekistonda ofatlarga tayyorgarlik ko‘rishni kuchaytirish” loyihasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etishdi.

2016 yil 23 mart kuni vazirlik xodimlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tgan 8-Xalqaro sanoat forumida ishtirok etishdi.

2016 yil 25–29 mart kunlari vazirlik xodimi Xitoy Xalq Respublikasining SHanxay shahrida o‘tkazilgan “Xavfsiz shahar” mavzusidagi seminarda ishtirok etdi.

2016 yil 24 mart kuni Fransiyaning va Xitoy Xalk Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonalari xodimlari zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilish qoidalari bo‘yicha o‘quv mashqlarida qatnashish uchun FMI qoshidagi Zilzilani simulyasiya qilish markaziga tashrif buyurishdi.

2016 yil 26 mart kuni vazirlik xodimlari «Grand Mir» mehmonxonasida o‘tkazilgan JICA o‘quv kurslari bitiruvchilarining uchrashuvida ishtirok etishdi.

2016 yil 30-31 mart kunlari vazirlik xodimlari «Grand Mir» mehmonxonasida “Distirlab” kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etishdi.

2016 yil 4-7 aprel kunlari vazirlik xodimi Rossiyaning Ximki shahri Rossiya FVV Fuqaro muhofazasi akademiyasida fuqaro mudofasii o‘quv muassasalari vakillarining xalqaro ishchi uchrashuvida ishtirok etdi.

2016 yil 20 aprel kuni vazirlik xodimi Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Zamonaviy xavfsizlik tizimlari” mavzusidagi konferensiyada ishtirok etdi.