Savollar ro‘yxati

T/r

Savol (tekshiriladigan masala, xolat)

Savol doirasida tekshirish vakolati berilgan normativ-huquqiy hujjat

1.

Yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish hamda ularning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tashkilotlarning hududlarida, binolarida, inshootlarida, xonalarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvlar o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasining 01.10.2009 yildagi O‘RQ-226-sonli Qonuni, 34-moddasi,Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 4 oktyabrdagi 272-son qarori

2.

Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasi sohasida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini tekshirish

O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 8-moddasi, “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonuni, 8-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 sentyabrdagi 744-son qarori

3

Yuridik shaxslar tomonidan kichik hajmli kemalar turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari talablariga rioya etilishini tekshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 1 iyundagi PF-5066-son Farmoni va 2019 yil 10 apreldagi PQ-4276-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil
19 sentyabrdagi 744-son hamda 2021 yil 2 avgustdagi 484-son qarorlari