Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 8-14 mart kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:
🔹Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
🔹Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
🔹Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
🔹Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
🔹Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
🔹Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi e’lon qilinаdi.
💢Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.