FVV Orol dengizining qurigan tubini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha navbatdagi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra 2018-yilda Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonzorlar barpo etish bo‘yicha keng ko‘lamli davlat dasturi boshlangan edi. Ushbu tashabbusning maqsadi suv havzasi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik ofat oqibatlarini yumshatishdan iboratdir. O‘tgan yillarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi agentligining sa’y-harakatlari natijasida Orol dengizining suvi qurigan tubi hududida cho‘l o‘simliklaridan ulkan o‘rmonlar barpo etildi. Yaqin kunlarda ekish mavsumining navbatdagi jarayoni boshlanadi. So‘ngi haftalarda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Muhandislik muhofazasi va qurilish-tiklash ishlari bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan aviatsiya yordamida ekiladigan saksovul urug‘lari tayyorlanmoqda.