“Armiya sporti” musobaqalarida Qashqadaryo viloyati FVB jamoasi g‘oliblar safida

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida viloyatdagi kuch tuzilmalari harbiy xizmatchilari va yoshlar o‘rtasida sportning “Sambo”  turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

 

Qizg‘in bahslarga boy o‘tgan musobaqada viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 71 kg vazn toifasida kurashgan xizmatchisi Sh.Axmedov va 98 kg vazn toifasidagi xizmatchisi A.Gulmurodovlar mutloq g‘alaba bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, mayor A.Yaxshiboyev + 98 kg vaznda munosib ishtirok etib 3-o‘ringa ega bo‘ldi.

 

Umumjamoa hisobida 1-o‘rinni viloyat IIB, 2-o‘rinni viloyat FVB va 3-o‘rinni viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi jamoasi qo‘lga kiritib, g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.