Jizzax viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalarining birida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, daxldor tashkilotlar va obyekt ishchi xizmatchilari ishtirokida “Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar mavjud obyektlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi hamda o‘quv seminari o‘tkazildi.