O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasining “Men vatanparvarman!” loyihasi kuch tuzilmalari va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda jadal davom etmoqda.
Navbatdagi tanlov Farg‘ona viloyatining olis hududlaridagi maktab o‘quvchi qizlari ishtirokida o‘tkazildi.
Unda “Matonat”, “Jasorat” va “To‘maris” jamoalari bellashib, tadbir yakunida g‘oliblar va faol qatnashchilar O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining faxriy yorlig‘i, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.