Kuni kecha, Navoiy viloyati FVBga Nurota tumani hududidagi “Oq tog‘” tog‘ tizmalariga fuqaro chorva mollarini boqish maqsadida borib, jarlikka tushib ketganligi va unga yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, zudlik bilan hodisa joyiga FVB qutqaruvchilari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida fuqaro jarohat bilan topilib, unga psixologik va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida xavfsiz joyga olib chiqilgan. Shuningdek, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga yuborilgan. Shifokorlarning ma’lum qilishicha hozirda uning ahvoli yaxshi.