Ishchi guruhning o‘rganish ishlari joriy yilning 25-aprel kunidan, dastlab Navoiy viloyatidan boshlandi. Unda viloyat FVBning barcha shahar, tuman bo‘limlari, yong‘in-qutqaruv qismlari hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazlari shaxsiy tarkib bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
O‘rganishlar davomida, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ijtimoy himoya, moddiy va tibbiy ta’minot masalalariga alohida e’tibor qaratilib, mas’ullarga ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berilmoqda.
Shuningdek, ishchi guruh tomonidan kadrlar salohiyati va zahirasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. O‘rganish ishlari davom etmoqda.