FVV rahbarligida O‘zbekiston hududlarida chigirtkaga qarshi kurash ishlari olib borilmoqda

Namangan viloyati FVB tomonidan Qishloq xo‘jaligi xodimlari bilan hamkorlikda chigirtkalar tarqalishining oldini olish choralari ko‘rilmoqda. Mavsum boshlanishidan oldin mutaxassislar bu hasharotlar uchun ko'payish imkoniyati mavjud bo‘lgan joylarni aniqladilar. Ayni kunlarda bunday hududlarga maxsus ishlov berilmoqda.