Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshevning “9-may – Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan tizim xodimlari hamda faxriylariga yo‘llagan tabrigi

Assalomu alaykum qadrli hamkasblar!

 

Bugun biz yurtimizning aziz bayramlaridan biri, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizning yaqqol timsoli bo‘lgan 9-may – Xotira va qadrlash kunini keng nishonlamoqdamiz.   

Inson sha’ni, qadru qimmati yuksak e’zozlanayotgan yurtimizda keksa
va faxriylarga chuqur hurmat ehtirom ko‘rsatish ezgu odat-an’anaga aylangan. 

 

Muhtaram faxriylar, hurmatli hamkasblar!

 

Shu fursatdan foydalanib, Sizlarni va Sizlar orqali barcha urush
va mehnat faxriylarini, mustaqillik yillarida xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi va qutqaruvchilarning oila a’zolarini 9-may – Xotira va qadrlash kuni, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

El-yurtimiz tinchligi yo‘lida jon fido etgan insonlarning oxiratlari obod, urush frontida mardonavor jang qilgan, shuningdek, mehnat frontida jonbozlik ko‘rsatgan va bugun yaqinlarining davrasida suyumli bo‘lib o‘tirgan nuroniy  otaxonu onaxonlarimizning umrlari yanada ziyoda bo‘lsin!

Muhtaram Prezidentimiz O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan bayram tabriklarida ta’kidlaganlaridek “Hech shubhasiz, biz bugungi ozod va erkin hayot uchun aziz jonini ayamasdan kurashgan bunday ulug‘ insonlar oldida doimo qarzdormiz”.

Osmoni hamisha beg‘ubor va musaffo bo‘lgan jonajon O‘zbekistonimizda Sizlardek fidoyi, mehnatkash hamda duogo‘y keksalarimiz bor ekan, albatta, mustaqilligimiz abadiy, hayotimiz farovon, taraqqiyotimiz bardavom bo‘laveradi.

  

        

Hurmat bilan, Vazir general-mayor                                                                 A.Qo‘ldoshev

                                                                                            9.05.2024-yil