Qarorning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish yuzasidan seminarlar o‘tkazilmoqda

Buxoro va Surxondaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida FVV mas’ul xodimlari ishtirokida viloyatning daxldor tashkilot va korxona rahbarlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-aprel kunidagi Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-161-sonli qarori ijrosiga bag‘ishlangan seminar uchrashuvi o‘tkazildi. Tadbirda qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati tegishli tashkilot vakillariga ishchi guruh tomonidan atroflicha yetkazildi.