Samarqand viloyati FVB, Mahsus muhandislik qurilish boshqarmasi va “Qamchiq” Maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan iste’fodagi mehnat fahriylari xonadonlariga borib, samimiy tilaklar va ezgu niyatlar bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbirda askarlar va xodimlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar hamda isteʼdodli yosh harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.