Andijon, Namangan, Navoiy viloyatlari FVB xodimlari “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tizimda uzoq yillar davomida xizmat qilgan va xizmat vaqtida jasorat koʻrsatib halok boʻlgan kasbdoshlarimizning oila a'zolari holidan xabar olib, marxumlarning xotirasi yod olindi. Farzandlari va yaqinlari davrasida ularning jasorati eslandi, xalq xizmati, yurt ravnaqi uchun qo'shgan hissasi sabab minnatdorchilik bildirildi.