Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi Yong‘in-qutqaruv qismining binosi yangidan qurib bitkazildi. Binoning tantanali ochilish marosimi o‘tkazilib, unda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari, tuman huquq-tartibot idoralari xodimlari, faxriylar va mahalla faollari ishtirok etdilar.