Favqudodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev Yangiyer shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining ochilish marosimida ishtirok etdi

Bugun, 27-aprel kuni Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Unda Favqulodda vaziyatlar vaziri A.X.Qo‘ldoshev, Sirdaryo viloyati hokimi A.A.Maxmudaliyev, Yangiyer shahar hokimi, sektor rahbarlari, mehnat faxriylari, yoshlar va FVB rahbariyati va shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Binoda shaxsiy tarkib uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan boʻlib, eng so‘ngi rusumdagi yongʻin-qutqaruv avtotexnikalari va anjomlari bilan jihozlangan.

Tadbir davomida vazir uyushmagan yoshlar bilan "Vazir va yoshlar" uchrashuvini oʻtkazdi. Unda yoshlar vazirdan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar oldi.

Vazirning keyingi manzili FVV Akademiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan "Vatanga sodiq yoshlar" harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘inida davom ettirilib, tinglovchilarga sertifikatlar topshish jarayonida qatnashdi. Jarayon davomida vazir tinglovchi yoshlar bilan samimiy muloqot qilib, ularning maqsad va kelgusidagi rejalari bilan tanishdi.