Kecha, 26-aprel kuni Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i polkovnik S.Zuparov boshchiligida hududiy bo'limlar va tarkibiy tuzilmalar rahbar xodimlari ishtirokida 2024-yil 1-chorak yakunlariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida viloyatda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va fuqaro muhofazasi sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, mavjud muammolar, ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilanib, har sohaviy yo‘nalish bo‘yicha tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.