Qoraqalpogʻistonda “Yangi nafas” – ommaviy yugurish marofoni bo'lib o'tdi

Bugun, Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida erta tongdan "Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz!" shiori ostida "Yangi Nafas" ommaviy yugurish marafoni bo'lib o'tdi. Marafonda Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat va jamoat tashkilotlari, korxona, idoralar, talaba-yoshlar hamda fuqarolar qatorida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbiy xizmatchilari ham faol ishtirok etdi.