Kuni kecha bo‘lib o‘tgan ''Yosh qutqaruvchi'' musobaqasining kasb-hunar kollejlari o‘rtasidagi bahslar yakuniga ko‘ra, 3-o'rinni Paxtachi tumanining "O't o'chiruvchi qutqaruvchilar" jamoasi, 2-o‘rinni Qo'shrobod tumanining "Qalqon" jamoasi egallagan bo'lsa, Jomboy tumanining "Sardorlar" jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, musobaqaning Respublika bosqichiga yo‘llanmaga ega bo'ldi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.