Bugun, 23-aprel kuni “Qamchiq” maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi tomonidan Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining topshiriqlariga asosan sel, toshqin suvlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborish maqsadida, A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lidagi “Qamchiqsoy” soyining o‘zanini ochish va qirg‘oq mustahkamlash bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘quv mashqiga "Qamchiq" davonida faoliyat olib boruvchi FVDqT xizmatlarining maxsus texnika va ishchi-xodimlari jalb etilib, favqulodda vaziyatlarda qidiruv-qutqaruv ishlari bajarildi. Shuningdek, suv oqimi yo‘nalishi bo‘yicha ko‘prik va soy o‘zaniga xavf tug‘diruvchi 430 m³ qum shag‘al tozalash ishlari amalga oshirildi.