Surxondaryo viloyatida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati FVB boshlig‘i rahbarligida bahor mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel-suv toshqinlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha Sariosiyo, Uzun, Qumqo'rg'on tumanlarida sektor rahbarlari, favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida "Sel-suv toshqinlari va ko‘chki bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish"  mavzusida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.