Ayini damda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida XX “Dubay xalqaro gumanitar yordam va tarraqqiyot” konferensiyasi doirasida tashkil etilgan “DIXAD” ko‘rgazmasida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar stendida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari yuqori darajada ishtirok etmoqda.
Ta’kidlab o‘tish joizki, FVV xodimlari tomonidan ixtiro qilingan “Suv ostida qidiruv va qutkaruv ishlarini amalga oshiruvchi suv osti droni”ga jahonning rivojlangan davlatlaridan kelgan ko‘rgazma ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bildirilmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu “Suv ostida qidiruv va qutqaruv ishlarini amalga oshiruvchi suv osti droni” Qashqadaryo FVB xodimi leytenant Xurramov Shoxjohon Zokirovich tomonidan ishlab chiqilgan.