Surxondaryo viloyati FVB tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Sariosiyo tumanida bahor-yoz oylarida sel, suv toshqinlari va ko‘chki mavjud hududlarda aholi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan FVDqT xizmatlari ishtirokida daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘quv mashqida dastlab Sariosiyo tumanida tashkil etilgan mexanizatsiya yig‘ma komandasining maxsus muhandislik texnikalari va shaxsiy tarkibining saf ko‘rigi o‘tkazildi. Jarayonda soy va daryolar, sel yo‘llari qirg‘oqlarini mustahkamlash, o‘zanlarini tozalash ishlari amalga oshirilib, chiqarilayotgan qum-shag‘allar ichki yo‘llarni ta’mirlashga sarflandi.