Favqulodda vaziyatlar vaziriligi ekspertiza bo‘linmalari ekspertlariga Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavfsizligi ilmiy-tadqiqot institutida malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi.
O‘quv kurs davomida ekspertlarga sohada zamonaviy tadqiqot qurilmalarining taktik-texnik imkoniyatlari, ulardan foydalnish usullari, ekspertiza sohasiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati o‘rgatildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Respublika sud ekspertiza markazi, Ichki ishlar vazirligi Ekspert kriminalistika bosh markazi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga tashriflar tashkil etilib, ularning imkoniyatlari malakali xodimlar tomonidan tanishtirildi.
O‘quv kursi yakuni bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilib, yaxshi natijalarga erishgan xodimlarga malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.