"Toshkent-2024" nasldor itlar ko‘rgazmasi tashkil etildi

Joriy yilning 4-5-may kunlari FVV Maxsus vazifalar buyicha respublika qutqaruv markazida O‘zbekistan Kinologiya federatsiyasi bilan hamkorlikda "Toshkent-2024" nasldor itlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikalaridan kelgan va yurtimizdagi havaskorlar hamda harbiy tuzilmalarning 36 zotga mansub 200 dan ortiq nasldor itlari ishtirok etdi. Ushbu tadbirni  Belarus Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hakamlar jamoasi baholab bordi.

Tadbirda FVV ning 7 bosh xizmat itlari ham munosib ishtirok etib, birinchi kun yakuni bo‘yicha Nemis ovcharkasi zotiga mansub Gans laqabli xizmat iti finalda "Zotning eng yaxshi namunasi" nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.