Tezkor boshqaruv markazi boshliqlari bilan malaka oshirish o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi

Joriy yil 24-25 aprel kunlari Navoiy viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i polkovnik S.Zuparov boshchiligida FVV hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmaslari Tezkor boshqaruv markazi boshliqlari bilan malaka oshirish bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazildi.

 

Seminarning birinchi kunida amaliy-o‘quv mashqi o‘tkazilib, kuch va vositalarni boshqarish hamda FVDTning amaliy harakatlari bo‘yicha ko‘nikmalar mustahkamlandi. Tadbirning keyingi jarayonida asosiy e’tibor dunyoda va respublikamiz hududlarida sodir bo‘lgan yirik tabiiy va texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlari, ular bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish tartiblari va yechimlariga qaratilib, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida vakolatlarga ega bo‘lgan hamda ushbu sohada majburiyatlar yuklangan tegishli tashkilotlar tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari samarali tashkil etilishi kabi vazifalarda alohida to‘htalib o‘tildi.