Favqulodda vaziyatlar vazirligida “General va yoshlar” hamda “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi

Bugun, 18-aprel kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligida vazirlik Markaziy apparatida “General va yoshlar” hamda “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik faxriylari, Markaziy apparat harbiy xizmatchilari, yosh ofitser, serjant, oddiy askarlar va FVV Akademiyasi kursantlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida vazirlik faxriylari yosh harbiy xizmatchi va kursantlarga o‘z tajribalaridan hayotiy saboqlar, qalblarida jo‘sh urgan vatanparvarlik tuyg‘usi har qanday mashaqqatli vaziyatda ularga kuch va shijoat bergani, xalqimiz oldidagi farzandlik burchi esa doimo o‘z vazifalariga fidoyilik va mas’uliyat bilan yondashishga undagani borasida so‘zlab, nasihatlar  berdi.

Jarayonda Favqulodda vaziyatlar vaziri Qurolli Kuchlar tizimida ko‘p yillar fidokorona va samarali xizmat qilgan, nafaqadagi vazirlik faxriysi general-mayor Yakubov Atxam Xasanovichni qutlug‘ 80 yoshni qarshilaganliklari munosabati bilan samimiy tabriklab, hurmat va extirom ko‘rsatildi. 

Albatta, bunday tadbirlar yoshlarning Vatanga bo‘lgan muhabbat va sadoqat hissini yanada oshirishga, o‘git va saboqlar ularning hayot yo‘llaridagi mashaqqatlarda qoqilmay bardavom bo‘lishiga xizmat qiladi.