Namangan viloyatida "Yosh qutqaruvchi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Namangan viloyati FVB tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyat yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish, o‘zi hamda o‘zgalarga yordam berish, bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida, kasb-hunar hamda umumiy o'rtata'lim maktablari o'rtasida "Yosh qutqaruvchi” ko'ngillilar klublari musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

G‘oliblar va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. G'olib jamoa musobaqaning rеspublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.