Buxoro viloyati qutqaruvchilari o‘quvchi yoshlarga qutqaruvchilik mahoratini namoyish etdi

Kogon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan o‘quvchi yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbida vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yuksaltirish, qutqaruvchi kasbiga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat bo‘lib, bu kun yoshlarda katta taassurot qoldirdi.