“Ajdodlar izidan” intellektual tanlovining viloyat bosqichi g‘olib jamoasi aniqlandi

Bugun, 23-aprel kuni Farg‘ona viloyati FVB tizimida xizmat qilib kelayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida “Ajdodlar izidan” intellektual tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazilib, unda kuzatuvchi sifatida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi va viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari hamda Marg‘ilon shahar 21-maktabining malakali ustozlari ishtirok etdi. 

 

Tanlovda viloyati FVB tizimida xizmat qilayotgan 77 nafardan ortiq yoshlar ishtirokida jami 11 ta jamoa qatnashib, yakuniy natijalarga ko‘ra:

 

1-o‘rinni Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Firemans” jamoasi;

2-o‘rinni “Farg‘onaazot” AJ Binolarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limining  “Farg‘onaazot” jamoasi;

3-o‘rinni “FNQIZ” Binolarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limining  “NEFTChI” jamoasi  egalladi.

 

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi raisining esdalik sovg‘alari va boshqarma boshlig‘ining faxriy yorliqlari topshirildi.