Qaror mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish yuzasidan Ishchi guruh seminari o‘tkazildi

Bugun, 4-may kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 17-apreldagi PQ-161-son qarorining mazmum-mohiyati va ahamiyatini tegishli tashkilotlarga va aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilishga qaratilgan Ishchi guruh tarkibi bilan yo‘riqnoma yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi, FVV va Fanlar akademiyasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga biriktirilgan Ishchi guruh tarkibi xodimlari  ishtirok etdi.