Askarlarning "Vatanga qasamyod" qabul qilish tantanali tadbirlari boʻlib oʻtdi

Bugun, 5-may kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasining barcha hududlardagi batalyonlariga o‘z yigitlik burchini o‘tashdek sharafli vazifaga chaqirilgan mard o‘g‘lonlarning ona tuprog‘ini asrashdek mas'uliyatli burchni ado etishga  bag‘ishlangan tantanali "Vatanga qasamyod" qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida tashkil etilgan tantanali tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi general-leytenant T.A.Xudaybergenov, Taxtakoʻpir tumanida Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari polkovnik Sh.Djoʻrayev, Moʻynoq tumanida Muhandislik muhofaza va qurilish tiklash ishlari bosh boshqarmasi boshligʻi polkovnik N.Saidov va Toshkent viloyatining Chinoz tumani markaziy stadionidagi tantanali marosimda Bosh prokuror oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori polkovnik B.Qudratxodjayev, Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari polkovnik X.Alibayev hamda ota-onalar ishtirok etdilar.

Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan tantanali tadbirlar davomidagi konsert dasturlari  yig‘ilganlarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.