Navoiy viloyatida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari

Yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish hamda qutqaruvchilik kasbiga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Navoiy viloyati FVBga biriktirilgan yoshlar uchun tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimida "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi. 

Uchrashuv davomida oʻquvchilar yong‘in-qutqaruv otryadi bilan yaqindan tanishib, qutqaruvchilar tomonidan oʻzlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.