Cho‘milish mavsumida aholini xavfsizligini ta'minlash yuzasidan ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun, 4-may kuni Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i polkovnik S.T.Zuparov rahbarligida “Aholini suvda cho‘kishi bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish, Respublikaning cho‘milish havzalarida xavfsizlikni hamda kichik hajmli kemalar va ular turadigan bazalar (inshootlar)dan xavfsiz foydalanishni ta'minlash” mavzusida ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Unda FVV, IIV, MG, Toshkent shahar FVB, mahalliy hokimiyat, daxldor tashkilotlar hamda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillari ishtirok etdi.

Seminarning amaliy qismi “G‘ofur G‘ulom” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilib, unda akvatoriyalarda plyajlarni jihozlash, cho‘kayotgan fuqarolarni qutqarish va birinchi yordam ko‘rsatish tadbirlari amaliy tarzda ko‘rsatib o‘tildi. Tadir doirasida qutqaruv asbob-anjomlari namoyishi ham tashkil etildi.