Qarorning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish yuzasidan seminarlar o‘tkazilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 17-apreldagi PQ-161-son qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tegishli tashkilotlar hamda aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida seminar o‘tkazildi. 

 

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul vakillari hamda biriktirilgan Ishchi guruh tarkibi xodimlari ishtirok etib, seminar mavzusi muhokama etildi va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilandi.