Jasorat – millat g‘ururi va iftixori!
9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev rahbarligida Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik X.Alibayev va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik M.Muxitdinov, shuningdek bir guruh harbiy xizmatchilar, kursantlar, FVV Akademiyasi orkestr jamosi hamda mahalliy hokimlik vakillari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonida bo‘ldilar. Tashrif davomida Favqulodda vaziyatlar vaziri faxriylarga bayram munosabati bilan yo‘llangan Prezident tabrigini o‘qib eshittirib, pul mukofoti hamda esdalik sovg‘asini topshirdi.
Ushbu tadbir urush va mehnat faxriylari – Antonina Gorchakova, Fyodor Fedin va Nikolay Petrunin uchun samimiy voqealarga boy bo‘lib, harbiy san'atkorlar ijrosidagi diltortar qo‘shiqlar keksalar uchun unutilmas bayram tuhfasi bo‘ldi.