Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasmida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 17-apreldagi PQ-161-son qarorning mazmum-mohiyati va ahamiyatini tegishli tashkilotlarga yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi. Unda FVV va Fanlar akademiyasi masʼul xodimlari, Namangan viloyati hokimi oʻrinbosari hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi, boshqarma harbiy xizmatchilar va taalluqli tashkilotlar masʼullari ishtirok etdilar.
Kunning ikkinchi yarmida vazirlik masʼullari Namangan muhaddislik-qurilish instituti talaba yoshlari bilan uchrashib, qarorining mazmum-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.