Kasbilik Xayrullo Shermatovga chaqiruv qog‘ozi kelganida u 17 yoshda edi. Urushning bor dahshatiga guvoh bo‘lib, mashaqqatli, olovli yo‘llarni bosib o‘tdi.
“9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bugun, 8-may kuni Qashqadaryo viloyati sudi raisi, viloyat FVB boshlig‘i, tuman hokimi boshchiligidagi tuman sektorlari, mudofaa tizimi hamda jamoatchilik vakillari Xayrullo otani yo‘qladilar.
Keng jamoatchilik ishtiroki bilan bayram tusini olgan tadbirda viloyat sudi raisi Xayrullo Shermatovga Prezident tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, 20 mln. so‘m pul mukofoti va bayram sovg‘alari topshirildi hamda keksalarning bosib o‘tgan yo‘li, hayotiy tajribasi yoshlarga ibrat ekani alohida ta’kidlandi.
O‘z navbatida, Xayrullo ota ham ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amho‘rlik uchun minnatdorchilik bildirdi.