Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘quvchi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyat yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish, o‘zi hamda o‘zgalarga yordam berish, bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida kasb-hunar maktablari va umumta’lim maktablari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 11 ta jamoalar 5 ta shart bo‘yicha g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdilar.
Musobaqa yakuniy natijalariga koʻra Ohangaron tuman 1-son kasb-hunar maktabining "Energetik" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, musobaqaning respublika bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
G‘oliblar va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.