Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan bugun 23-aprel kuni erta tongdan Qibray tumanida uch kecha-kunduz o‘tkaziladigan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining hududiy hamda quyi tizimi boshqaruv organlari, kuch va vositalari ishtirokida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqiga start berildi.
O‘quv mashqini o‘tkazishdan maqsad favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish va oqibatlarini tugatish bo‘yicha tegishli tashkilotlar hamkorligini takomillashtirishdan iboratdir.
O‘quv mashqi 25-aparel kuniga qadar davom etadi.