Uch nafar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi

Kecha, 13-fevral kuni soat 18:48 da Jizzax viloyati FVBga Zomin tumaniga dam olish uchun borgan Toshkent shahrida yashovchi uch nafar fuqaro toqqa aylangani chiqib, qolib ketganligi va ularga yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.

 

Xabarga asosan, zudlik bilan viloyat FVB qutqaruvchilari qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlagan. Ma’lum bo‘lishicha, uch nafar fuqaro tog‘ning yuqori cho‘qqisiga chiqib, kech bo‘lib qorong‘u tushganligi sababli, qaytish yo‘lini topa olmagan.

 

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida fuqarolar sog‘-salomat xavfsiz joyga olib kelinib, ular bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.