Kuni kecha, Navoiy viloyatida Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida sportning “Stol tennisi” turi bo‘yicha viloyat “Dinamo” chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiyuran” DK obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi xodimlari ishtirok etib, jamoaviy hisobda faxrli 1-o‘rinni egalladi.