Jizzax viloyatida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

Jizzax viloyati FVB va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida “Tinchlik, taraqqiyot va farovonlik uchun” shiori ostida qutqaruvchi kasbini tanlashga ishtiyoqi baland yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Jizzax shahridagi Favqulodda vaziyatlar bo‘limida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. 

 

Tadbir davomida viloyat FVB boshlig‘i va mas’ul xodimlar yoshlar bilan davra suxbati o‘tkazib, yoshlarda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish va qutqaruv ishlarini tashkil etish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tushuntirish ishlari olib bordilar.

 

Shuningdek, yong‘in-qutqaruv texnikasi va asbob-anjomlarining amaliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.